19:00 / 06.02.2024
166

Ona alimentdan voz kechdi...

Ona alimentdan voz kechdi...
Majburiy ijro byurosiga kelib tushgan aliment bilan bog‘liq ishlarni o‘rganar ekansiz, turli taqdirlarga guvoh bo‘lasiz. Kelisholmay ajrashgan er-xotinlar yana oila qurib ketaveradi, ammo o‘rtadagi farzandga qiyin. Bolalarning moddiy-ma’naviy holati so‘roq ostida qoladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan U.Yusupovdan S.Yusupova foydasiga ikki farzand uchun aliment undirish belgilangan. Majburiy ijro byurosi Xo‘jaobod tuman bo‘limi xodimlari qarzdor otani ogohlantirgan, biroq aliment pullari o‘z vaqtida berilmagan. Davlat ijrochisi bolalarning ta’minotidan yuz burish belgilangan javobgarlikni keltirishi bo‘yicha tushuntirish bergan.

Ota farzandlarini o‘ylabmi yoki javobgarlikdan qo‘rqibmi aliment qarzlarini, shu bilan birga bir yillik to‘lovlar uchun oldindan 48 million so‘m miqdoridagi aliment pulini to‘ladi. Ayol esa bu pullar evaziga alimentdan voz kechdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat