
Foto: MIB
Toshkentda kubalik ayol MIBning aralashuvi natijasida eri bilan yarashib oldi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor M.Nishonovdan undiruvchi L.Beatriz foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun oylik maoshining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro ishi mavjud.
Mazkur ijro ishi bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, ijro harakatlari davomida davlat ijrochisining huquqiy tushuntirishi va targ‘ibot tadbirlari davomida ijro ishi yurituvi amalda tamomlandi. Buning natijasida mazkur oilaning yarashtirilishiga erishilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar