O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaga sayohatga chiqqan yurtdoshlarimizni ogohlantirdi. «Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.
Oramizda chet elga vaqtinchalik yashashga yoki sayohat uchun chiqqandan keyin diqqatga sazovor joylarda suratga tushishni istamaydigan odam bo‘lmasa kerak. Ammo bu bilan cheklanmaydigan qiziquvchan sayyohlarimiz xam uchrab turadi.
Borgan mamlakati muhitining suratlarda yaxshiroq aks etishi uchun ko‘p narsalarni obyektiv orqali muhrlashga harakat qilib, ba’zida jarima yoki jazoga tortilishi ham mumkin.
Har bir mamlakatning suratga olish-olmaslik borasida o‘z tartib qoidalari bor. Masalan, Turkiyada mahalliy aholini so‘ramasdan suratga olish va uni tarqatish qat’iyan man qilinadi.
Ayniqsa, mahalliy ayollarni suratga olish mumkin emas. Bu shaxsiy hayotga tajovuz deb hisoblanadi. Ushbu qonunni buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Afsuski, fuqarolarimiz orasida ham mazkur qonunni buzib, Istanbulning Maltepe tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotganlar ham yo‘q emas.
Hozirda Bosh konsulxona fuqarolarimizni ozod etib ularni vatanga qaytarish uchun kerakli ishlarni olib bormoqda.
Hurmatli Vatandoshlar, muayyan bir davlatga tashrif buyurishdan avval u yerdagi qonun-qoidalar bilan qiziqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi», deyiladi konsulxona xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi