Muzrabotlik qidiruvda bo‘lgan fuqaro ota kuzatuv kameralari yordamida Toshkent shahridan topildi.
Muzrabot tumanida yashovchi qarzdor Abdusamad Qosimovdan voyaga yetmagan to‘rt nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun sud buyrug‘iga asosan aliment to‘lashi belgilangan bo‘lsa-da, qarzdor ota aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab qochib yurganligi sababli Majburiy ijro byurosi Muzrabot tuman bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilingan edi.
Byuroning viloyat boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruvlar natijasiga ko‘ra, Toshkent shahri Yangihayot tumanida kuzatuv kameralari yordamida qidiruvda bo‘lgan qarzdor ota aniqlanib ushlandi. Ijro harakatlarini davom ettirish uchun u Byuroning Muzrabot tuman bo‘limiga olib kelindi.
Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi binosida taraflar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Voyaga yetmagan to‘rt nafar farzandlari uchun jami 17 million 600 ming so‘m so‘m aliment qarzdorligini to‘lashdan bosh tortib kelganligi sababli sudning qarori bilan qarzdor otaga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi