
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab qochib yurgan qarzdorlarni qidirib topish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda.
Jumladan, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi qidiruv bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 31 yanvar kuni ish yurituvida mavjud fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor I.Inamovdan undiruvchi Sh.Jalolova foydasiga voyaga yetmagan farzandlari taminoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdor Toshkent shahridan topildi.
Jami 119.000.000 so‘m aliment qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli qarzdor I.Inamovga to‘plangan ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudiga yuborilib, qarzdorga nisbatan MJtKning 47-4 moddasiga asosan 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar