945
Sherzodxon Qudratxo‘ja: “Materialim efirga ketmasligi uchun 50 ming dollar taklif qilishgan”
Kadr: YouTube
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja AlterEgo loyihasiga bergan intervyusida O‘zbekiston mustaqillikka erishganining ilk yillarida axborot erkinligi qanday bo‘lgani to‘g‘risidagi savolga javob qaytardi.
Sherzodxon Qudratxo‘ja 1994 yildan boshlab O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida ishlashni boshlagan. 1998 yilda esa UzTV4 telekanali direktori bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mustaqillikning ilk yillarida “Axborot” informatsion dasturi ancha qiziq bo‘lgan. Biroq 1997-1998 yillardan boshlab ishlash bir oz qiyinlashgan.
“1997 yilda zapravkalardan benzinni to‘liq quymayotganliklari haqida lavha tayyorlagandim, u vaqtlar bu barchaning muammosi edi. Shu materialim efirga chiqmadi. Uning efirga chiqmasligi evaziga katta pullar — 50 ming dollargacha pul taklif qilishdi. Ular o‘ziga xos mafiya edi.
Bundan maqsad muammo davlat rahbariga yetib bormasligida edi… Oxir-oqibat bu material 8 martda, yakshanba kuni, davlat rahbari shahardan tashqariga chiqib ketganida efirga uzatildi. O‘sha vaqtda menga qiyin bo‘lgandi”, — deydi Qudratxo‘ja.
Uning aytishicha, televideniyega tegishli transport vositasiga 70 litr benzin uchun pul to‘langanida, 16-17 litr kam quyilgan.
Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlariga ko‘ra, benzin muammosi bo‘yicha efirga ketgan lavhani Vazirlar Mahkamasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Ismoil Jo‘rabekov ko‘rgan va muammoga qarshi qattiq chora ko‘rgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar