O‘zbekistonda ota-onalarga bolalarni tarbiyalashda jismoniy jazo qo‘llash taqiqlanishi mumkin. Bu haqda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasida ko‘zda tutilmoqda.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 27 fevraldagi majlisida ushbu qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.
Qonun loyihasida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning ishtiroki va ularning majburiyatlari belgilab qo‘yilmoqda. Jumladan, ota-onalar bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishi, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi hamda zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilishi shartligi, bolalarni tarbiyalashda ularni jismoniy jazolash taqiqlanishi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmasligi, ta’lim muassasalarida intizomiy jazo chorasi sifatida zo‘ravonlikning har qanday shakli, shu jumladan jismoniy jazo va boshqa shafqatsiz xatti-harakatlarni amalga oshirish yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalani qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilanmoqda.
“Bolaga qanday munosabatda bo‘lsak, unga qanday tarbiya bersak, shunday kelajak yasaymiz” — deb yozdi Alisher Qodirov ushbu qonun loyihasi haqida bildirgan fikrida. Uning aytishicha, ikkinchi o‘qishda qonunning ta’sirchanligi va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan ko‘p takliflar bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi