12:30 / 02.03.2024
111

Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar pulini o‘g‘irlab kelgan shaxs ushlandi

Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar pulini o‘g‘irlab kelgan shaxs ushlandi
Namangan viloyatida fuqarolarga soxta havola yuborib, ularning pul mablag‘larini o‘zlashtirib kelgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi IIV Kiberxavfsizlik markazi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi 26 yoshli J.A. IIOga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan noma’lum shaxs tomonidan 11,5 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan yechib olinganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan tumanida yashovchi 24 yoshli B.J. sodir etgani aniqlangan.

Unga ko‘ra, B.J. internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli xil mazmunidagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Aldovlarga ishonib, soxta havolaga bank kartasi ma’lumotlarini kiritgan fuqarolarning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, ular hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “a,b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.J.ning sodir etilib fosh qilinmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar pulini o‘g‘irlab kelgan shaxs ushlandi