
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2024 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori boʻyicha qarorini e'lon qildi.
Qarorga koʻra, zakot nisobi 40 mln soʻm etib belgilandi. Ya'ni kimda zarur ehtiyojidan tashqari 40 mln soʻm va undan ortiq pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli boʻlsa, jami mablagʻining qirqdan birini (2,5 foizi) zakot niyatida haqdorlarga beradi.
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
- bugʻdoydan – 14 ming soʻm;
- arpadan – 20 ming soʻm;
- mayizdan – 110 ming soʻm;
- xurmodan – 180 ming soʻm.
Qayd qilinishicha, har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil boʻladi. Har kim oʻz imkoniyatiga qarab, ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi kifoya qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar