date
views 237

Toshkentda mast holda ko‘chada yalang‘och yurgan shaxsga chora ko‘rildi

Toshkentda mast holda ko‘chada yalang‘och yurgan shaxsga chora ko‘rildi
Foto: Videodan kadr
Toshkentda erkak kechasi yalang‘och holda yurgani aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 10 mart kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 02:00 larda 1977 yilda tug‘ilgan A.A. Chilonzor tumani 16-mavzeda mast holatda bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan buzib, yalang‘och holatda yurgan.

Ushbu shaxsga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik) va 194-moddalari (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda mast holda ko‘chada yalang‘och yurgan shaxsga chora ko‘rildi