date
views 135

Sariosiyoda 25 nafar ishchi xodimlarning ish haqlari undirib berildi

Sariosiyoda 25 nafar ishchi xodimlarning ish haqlari undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, shu jumladan, ish joyiga tiklash va ish haqlarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlariga alohida e’tibor qaratilib, darhol ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining ijro hujjatlariga ko‘ra tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi davlat muassasasi hisobidan 25 nafar ishchi xodimlarining o‘z vaqtida to‘lab berilmagan ish haqlarini undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjatlari Byuroning Sariosiyo tuman bo‘limi ish yurituvida qabul qilinib, darhol ijro harakatlariga kirishildi.

Qarzdor muassasa rahbari ogohlantirilib, hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari yuborildi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari chog‘ida undiruvchilarga belgilangan jami 141 million 162 ming so‘m ish haqlari to‘liq undirilib, bank plastik kartalariga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Shundan so‘ng, ijro hujjatlari belgilangan tartibda tamomlanib, qarzdor muassasaga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sariosiyoda 25 nafar ishchi xodimlarning ish haqlari undirib berildi