Amerikaliklar Merkuriyni portlatishni taklif qilishdi

Amerikaning PBS Space Time loyihasi ishtirokchilari Quyosh atrofida oynalar tizimini shakllantirish g‘oyasini ilgari surishdi. Bu tizim, Quyosh energiyasini insoniyat manfaatlari uchun to‘plashi lozim, deb yozmoqda "Kun" nashri.
Ya’ni loyiha mualliflari, Quyosh atrofida Dayson sferasini barpo etishga urinishmoqda. Albatta, buning uchun zarur bo‘lgan materialni fazoga etkazishning o‘zi bo‘lmaydi. PBS Space Time esa, masalaning o‘ziga xos echimini taklif etmoqda. Ular, shu maqsadda, Merkuriyni portlatishni taklif etishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dayson sferasi (nazariyotchi-fizik Frimen Dayson loyihasi) nur taratuvchi yulduz atrofida yuqa, ammo katta radiusda sferik qobiqni hosil qilishni nazarda tutadi.
Olimning fikricha, bu kabi inshoot markazda turgan yulduz energiyasidan maksimal darajada samarali foydalanish imkonini beradi. Daysonning hisoblariga ko‘ra, Quyosh atrofida shunday sferani hosil qilish uchun Yupiter kattaligidagi jism lozim bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing