139
Prezident: endi yig‘ilishlar har bir soha korxonalari vakillari bilan uchrashuv tarzida o‘tkaziladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari bundan buyon yig‘ilishlar har bir soha korxonalari vakillari bilan uchrashuv tarzida, ularni qiynayotgan masalalarga yechimlari bilan o‘tkazilishini ta’kidladi.
O‘tgan yili 23 million tonna meva-sabzavot yetishtirildi, oziq-ovqat sanoatida 86 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Hisob-kitobga ko‘ra, buncha mahsulotni o‘zidan 5 milliard dollarlik eksport qilsa bo‘ladi. Lekin iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi komplekslari mutasaddilari va hokimlar ishni to‘g‘ri tashkil qila olmagani, eksportchilar muammosini hal qilmagani uchun eksport 2 milliard dollardan oshmagani qayd etildi.
Yig‘ilishga eng faol 100 dan ziyod eksportchi-tadbirkorlar va logistika korxonalari vakillari taklif qilingan. Prezident topshirig‘iga muvofiq, ularning muammolari va takliflari o‘rganildi.
Davlat rahbari yig‘ilganlarga “soha uchun yana qanday sharoit kerak, joriy yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat eksportini 3,5 milliard dollarga yetkazish uchun nimalar zarur” degan savollarga birgalikda javob topishni taklif qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»