
Foto: Saida Mirziyoyeva.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qatar elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Bugun Qatarning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdik.
Kun tartibidagi keng qamrovli masalalarni muhokama qildik. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish yuzasidan fikr almashdik», deya yozadi Mirziyoyeva.
Avvalroq Mirziyoyeva Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli jabhalarda faoliyat olib borayotgan, yuksak marralarni egallagan, boshqalarni ham maqsad va orzular sari ilhomlantirayotgan ayollar bilan ko‘rishgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar