12:16 / 23.03.2024
457

Salim Abduvaliyevga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Salim Abduvaliyevga nisbatan sud hukmi o‘qildi
Salim Abduvaliyevga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu aqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan.

“Salimboy”ga sud hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sud hukmi taxminan 19 mart kuni o‘qilgani aytilmoqda. Ammo shu paytgacha bu haqda rasmiy axborot berilmagan.

Manbaning ta’kidlashicha, Toshkentda jinoyatchilikka qarshi kurashish doirasida qo‘lga olinganlarning yana bir nechtasi bo‘yicha ish sudga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, 73 yoshli tadbirkor Salim Abduvaliyev 2023 yilning dekabr oyi boshida o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlashda gumonlanib protsessual tartibda ushlangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Salim Abduvaliyevga nisbatan sud hukmi o‘qildi