15:13 / 23.03.2024
117

Ko‘kdalada «Cobalt» haydovchisining yonidan shubhali modda topildi

Ko‘kdalada «Cobalt» haydovchisining yonidan shubhali modda topildi
2024 yil 15 mart kuni Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani hududida joylashgan «Umakay» muntazam YPX maskanida viloyat YHXB hamda boshqa sohaviy xizmatlarning xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Cobalt» rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilgan.

Tekshiruv davomida transport vositasi haydovchisining yonidan gugurt qutilariga solingan, shuningdek, selofanga o‘ralgan, ko‘rinishidan giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topilgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lib, hozirda mas’ullar tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘kdalada «Cobalt» haydovchisining yonidan shubhali modda topildi