13:46 / 26.03.2024
96

Banklar foydasiga 70,1 mlrd. so‘mlik kredit qarzdorliklar undirilmoqda

Banklar foydasiga 70,1 mlrd. so‘mlik kredit qarzdorliklar undirilmoqda
Majburiy ijro byurosi Boyovut tuman bo‘limi ish yurituvidagi tijorat banklari foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq 70,1 mlrd. so‘mlik 1 873 mingdan ortiq ijro hujjatlaridan 35.0 mlrd. so‘mlik 549 tadan ortig‘ini ijrosi tamomlanib, shundan 20.6 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik amalda undirilgan.

Shuningdek, ijro hujjatlari yuzasidan jami 36 ta 14,4 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 28 ta 8.1 mlrd. so‘mlik mol-mulklar onlayin auksion savdolariga chiqarilgan.

Qarzdorlardan tijorat banklari foydasiga kredit qarzidorligini undirish bilan bog‘liq jami 526 nafar qarzdorlarning 6.3 mlrd. so‘mlik qarzdorliklarini qoplash maqsadida ish haqi daromadlari haqida ma’lumotlar aniqlanib, qarzdorliklarni undirish ish haqlariga qaratilgan.

Misol uchun, Boyovut tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqaslariga asosan “BTK” MCHJdan undiruvchi “Agrobank” ATB foydasiga 3.9 mlrd. so‘m kredit qarzdorligini undirish yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida to‘liq undirilib, ijro hujjati amalda tamomlandi.

Bu boradagi ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Banklar foydasiga 70,1 mlrd. so‘mlik kredit qarzdorliklar undirilmoqda