Kuni kecha bloger Fotima Jo‘rayevaning Telegram va Facebook ijtimoiy tarmoqlar kanallarida Majburiy ijro byurosi Norin tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ish haqi bilan bog‘liq hujjat ijrosi ta’minlanmayotganligi yuzasidan yo‘llangan murojaat asosida materiallar hamda karikatura joylashtirilgan. Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi mazkur materiallar va unda keltirilgan omillarni o‘rganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi.
Majburiy ijro byurosi Norin tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2023 yilning 22 iyun va 26 dekabr kunidagi buyrug‘iga asosan qarzdor Norin tuman “Agroservis MTP” MCHJ dan undiruvchi M.Azimov foydasiga jami 46.920.000 so‘m undirish belgilangan. Mazkur sud buyruqlari Byuroning “MIB-portal” elektron dasturi orqali kelib tushgan.
Biroq, hujjat O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 8-2 va 8-3-moddalariga to‘g‘ri kelmaganligi sababli qaytarilgan.
Ma’lumot uchun, Qonunning 8-2-moddasida, ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini ular Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar ta’minlanishi, ya’ni ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirishi shart bo‘lgan tegishli ish beruvchiga (tashkilotga) taqdim etilishi ko‘rsatib o‘tilgan, shuningdek, 8-3-moddasida esa, ayrim toifadagi ijro hujjatlari tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyin topshirilishi ko‘rsatilgan. (ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlar) belgilangan.
Shunga ko‘ra, undiruvchi turmush o‘rtog‘iga ijro hujjatini yuqorida qayd etilgan qonun talabi bo‘yicha topshirishi kerakligi haqida tushuntirish berilgan. Bundan tashqari, hujjat ijrosini ta’minlash maqadida Norin tuman “Agroservis MTP” MCHJ hisobchisiga kerakli hujjatlarni qonuniy taqdim etishi hamda qarzdorlikni to‘lab berishi haqida tushuntirish berildi.
Shuningdek, joriy yilning 2 aprel kuni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari B.Nasriddinov tomonidan undiruvchining turmush o‘rtog‘i qabul qilindi. Yo‘llangan murojaati yuzasidan qisqa muddat ichida hujjat ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriq berildi.
Undiruvchi M.Azimov tomonidan qabul qilinishi lozim bo‘lgan ijro ishiga oid boshqa tegishli hujjatlar to‘planib, taqdim etilishi bilan ish haqi undirib berilishi ta’minlanadi.
Biroq, ijro ishiga amalda taraf hisoblanmagan fuqaro Fotima Jo‘rayeva ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan karikatura orqali idora sha’nini obro‘sizlantirishga qaratilgani va buning javobgarlik keltirib chiqishini unutmasligi lozim.
Majburiy ijro byurosining
Namangan viloyat boshqarmasi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Namangan viloyat boshqarmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»