Toshkent viloyati Toshkent tumanida 8 aprel kuni chaqiruvga asosan xizmat olib borayotgan IIB profilaktika katta inspektori pichoqlandi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB.
Qayd etilishicha, 8 aprel kuni soat 21:10 larda Toshkent tumani «Qorasaroy» MFYda yashovchi fuqaro Q.J. mast holda uyida janjal qilayotgani sababli, shoshilinch chaqiruvga asosan voqea joyiga yetib borgan tuman IIB profilaktika katta inspektori podpolkovnik Murod Xoliqov 56 yoshli fuqaroni tinchlantirayotganida u faol qarshilik ko‘rsatib, qo‘lidagi pichoq bilan inspektorning chap bel qismiga urib jarohat yetkazgan.
Natijada, tungi xizmat vaqtida jarohat olgan profilaktika inspektori IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan.
Fuqaro protsessual tartibda ushlangan va dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari prokuratura organlari tomonidan olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi