13:52 / 23.04.2024
175

Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi

Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi maktablarning birida tahsil olayotgan 1-sinf o‘quvchilari stul ko‘tarib turganliklari aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holat nazoratga olinganini hamda ayrim tafsilotlarini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, shu yilning 22 aprel kuni Zarbdor tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabda 1-«A» sinfga o‘tilayotgan ingliz tili darsida 25 yoshli o‘qituvchi R.T. o‘quvchilardan uyga berilgan vazifalarni so‘ragan. 6 nafar o‘g‘il va 7 nafar qiz bolalarini darsga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelganliklari tufayli go‘yoki tarbiyaviy chora deb sinf xonasidagi o‘zlari o‘tirgan stullarni ko‘tarishga majbur qilgan.

Ushbu holatni o‘zining telefon apparatida video tasvirga olib, telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali shu maktabning ota-onalar guruhiga yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Bolalarga nisbatan turli shakldagi zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlikka tayangan tarbiya choralarini, jumladan, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash qonunan taqiqlangan va tegishli javobgarlikka asos bo‘ladi», – deyiladi Bolalar ombudsmani munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida maktab o‘qituvchisi bolalar qo‘liga igna sanchish orqali «tarbiyalash»ga uringan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi