Britaniyalik jarroh mashhurlar yuz tuzilishini umumlashtirib, ideal darajadagi ayol qiyofasini yaratdi

Britaniyalik plastik jarroh mijozlarning talabini inobatga olgan holda, mashhurlar yuz tuzilishini umumlashtirib, ideal darajadagi ayol fotoportretini yaratdi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Ideal darajadagi go‘zal ayolning fotorobotini yaratish uchun Londonning Centre for Advanced Facial Cosmetic and Plastic Surgery klinikasida plastik jarroh bo‘lib ishlovchi Julian de Silva so‘nggi 10 yil mobaynida qabuliga kelgan minglab ayollarning talablarini tahlil qildi. Uning ma’lumot berishicha, aksariyat ayollar burnini gersoginya Ketrin Kembrijskayanikiga (qizligida Keyt Middlton)nikiga o‘xshashini istagan. Jarrohning o‘zi ham gersoginyaning burni juda chiroyli ekanligini tan oladi.
Uning mijozlari ko‘zlari Kira Naytlinikiga, qoshlari Jennifer Lopesnikiga, lablari Penelopa Krusnikiga o‘xshashni istashadi. Bundan tashqari, ayollar muntazam ravishda Anjelina Jolining yonog‘ini, Mayli Sayrusning peshanasini, Selena Gomesning iyagini, Sherning jag‘ini, Riz Uizerspunning terisini buyurtma qilishgan.
De Silvaning ta’kidlashicha, ayollarning mashhurlarga o‘xshashga intilishining yomon tomoni yo‘q. Ularning aynan kimga o‘xshashga harakat qilayotganini aniq bilish, plastik jarrohlikning oson o‘tkazilishiga, jarrohning ishi yengillashishiga sabab bo‘lar ekan.
Londonlik vrach anchadan beri ayollar go‘zalligi ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 2016 yilda kompyuter kartografiyasiga suyangan holda, hamkasblari bilan o‘tkazgan sinov natijasida eng ideal darajadagi yuz aktrisa Emberd Xerdga tegishli ekanligini aniqladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing