Joriy yilning 29 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan “Ba’zida tungi soat 23 larda, shanba kuni ham ishda olib qolib, topshiriq berishadi” nomli murojaat e’lon qilingan.
Yaxshi bilamizki, yurtimizda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar aniq belgilanib berilgan.
Xuddi shunday, Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasining jamoa shartnomasida belgilangan tegishli bandlari va ushbu shartnomaning ichki mehnat tartibi qoidalariga asosan boshqarma hamda tuman (shahar) bo‘limlarida xizmat qilayotgan xodimlarning ish vaqti soat 09:00 dan soat 18:00 ga qadar davom etishi va belgilangan vaqtdan tashqari ishlashiga, shuningdek, shanba va yakshanba kunlari ishga chiqishiga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilangan.
Ayrim xodimlarning dam olish va bayram kunlari ishlashi faqatgina ularning roziligi asosida ish beruvchining buyrug‘i bilan amalga oshirilishi hamda ularga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlaridagi ishlari uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi yoki xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berilishi shartligi qat’iy belgilangan.
Bunday holatlar qat’iy nazoratga olingan.
Mazkur ichki mehnat tartib qoidalari bilan, amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq, Byuroda xizmat qiluvchi har bir xodim imzo qo‘ydirilgan holda tanishtirilgan.
Shuningdek, tizimda xizmat qilib kelayotgan xodimlarga nisbatan tazyiq o‘tkazish hamda mehnat qonunchiligining buzilishi kabi holatlari yuzasidan xodimlardan murojaatlar kelib tushmagan.
Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi