O‘zbekiston musulmonlari idorasi haj mavsumi 2024 yil 23 maydan boshlanishini e’lon qildi.
Respublikadan Saudiya Arabistoniga shu yil 7 iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Mamlakatning 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Toshkent—Madina, Buxoro—Madina, Namangan—Madina, Farg‘ona—Madina, Samarqand—Madina, Qarshi—Madina, Termiz—Madina, Urganch—Madina, Nukus—Madina va Navoiy—Madina aviareyslari orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi.
Barcha parvozlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, ushbu mavsumga puxta tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida, dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga yetib borib, ayni kunlarda barcha tashkiliy ishlarni bajarmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi