2024 yilda Toshkentda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Davlat tomonidan aholini dori-darmon bilan ta’minlashda elektron retseptlardan foydalanish dasturi yaratiladi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva davlat rahbari huzuridagi yig‘ilishdan keyin ma’lum qildi.
“Sog‘liqni saqlash tizimiga oid masalalar anchadan beri muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi va kecha prezidentimiz tomonidan bir necha muhim qarorlar qabul qilindi.
2024 yilda Toshkentda davlat tibbiy sug‘urtalash mexanizmi ishga tushadi. Bu har bir fuqaroga turli holatlarda tibbiy yordam olish imkonini beradi.
Davlat tomonidan elektron retseptlar orqali aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlash dasturi yaratiladi. Fuqarolarga budjet hisobidan bepul dorilar beriladi. Bu xarajatlarni optimallashtirib, tibbiy xodimlarning ishini yengillatish imkonini beradi. Natijada mablag‘larni sarflash samaradorligi oshadi.
Shuningdek, murojaatlarni kasallikning og‘irlik darajasiga qarab saralovchi tez tibbiy yordam tizimini joriy etish orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va tezkorligi takomillashtiriladi.
Bundan tashqari, sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu har bir inson birinchi navbatda o‘z salomatligi haqida qayg‘uradigan jamiyat tomon qo‘yiladigan muhim qadamdir”, – deya yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar