13:12 / 08.09.2016
8 013

Xitoyliklar dunyodagi eng sohibjamol tansoqchini aniqlab olishdi

Xitoyliklar dunyodagi eng sohibjamol tansoqchini aniqlab olishdi

XXR xalq ozodlik armiyasi harbiy xizmatchisi Shu Sin G20 sammitida omma e’tiborini o‘ziga tortdi.

Harbiy qiz Italiya bosh vaziri Matteo Rensi avtomobilini qo‘riqlayotgan vaqtda, reportyorlar diqqatini tortgan. Shundan so‘ng, mazkur suratlar Xitoyning milliy Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingach, foydalanuvchilar Shu Sinning go‘zalligini e’tirof etishgan va uni dunyodagi eng sohibjamol tansoqchi deya atashgan, deyiladi "Kun" nashrida.

Xususan, suratlarga qoldirilgan izohlarda, harbiy ayolga uylanish ustunliklari haqida ham turli fikrlar bildirilgan.

Shu Sin 2013 yilda Xitoy armiyasidagi eng chiroyli qizlardan biri deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoyliklar dunyodagi eng sohibjamol tansoqchini aniqlab olishdi