Qidiruvdagi qarzdor topilgach 108,4 mln. so‘m aliment qarzdorligi evaziga farzandlariga uy berdi

Jamiyat1 daqiqa o'qish124
Qidiruvdagi qarzdor topilgach 108,4 mln. so‘m aliment qarzdorligi evaziga farzandlariga uy berdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining 9.10.2018 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor G‘.Nafasovdan undiruvchi M.Boyqorayev foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Muborak tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro ishini yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdor aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lashligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

2021 yil aprel oyidan boshlab aliment pullarini to‘lamasdan kelgan. Ijro harakatlari davomida 23.05.2023 yilda G‘.Nafasovga nisbatan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor 05.06.2024 yilda Shahrisabz shahridan topildi.

Joriy yilning 6 iyun kuni qarzdor G‘.Nafasov 2024 yilning iyun oyiga qadar hisoblangan jami 39 oy uchun 108,4 mln so‘m aliment qarzdorligi evaziga o‘ziga tegishli uy-joyni undiruvchining nomiga rasmiylashtirib berdi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?