17:28 / 13.06.2024
77

MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan bank foydasiga undiruv ishlari jadal olib borilmoqda

MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan bank foydasiga undiruv ishlari jadal olib borilmoqda
Banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar taraqqiyotimizga, sohalarni rivojlantirish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilayotganini yaxshi bilamiz.

Afsuski, ana shunday ezgu niyat bilan ajratilgan kreditlar banklarga belgilangan muddatlarda qaytarilmasdan, to‘lov muddatlari sababsiz orqaga surilmoqda. Bu esa banklarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap. Kredit qarzdorligini undirish maqsadida amaldagi qonunchilikka asosan zarur choralar qo‘llanilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasining tuman (shahar) bo‘limlari ish yurituvida joriy yilda banklar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq 1 trln. 820 mlrd. so‘mlik 20.113 ta ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, shundan 640.7 mlrd. so‘mlik 5.882 ta hujjat bo‘yicha ijro ishlari tamomlandi va undirilgan mablag‘lar banklar foydasiga o‘tkazib berildi.

Shuningdek, hozirda ish yurituvda 689.8 mlrd. so‘mlik 9330 ta ijro hujjatlari qoldiqda bo‘lib, mazkur hujjatlar yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda.

Banklar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ushbu hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida 291.1 mlrd. so‘mlik 373 ta mol-mulklar xatlangan bo‘lib, ulardan 215.3 mlrd. so‘mlik 266 ta mol-mulklar elektron savdolarga chiqarilgan.

Bank kreditlarini undirish borasidagi ishlar davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan bank foydasiga undiruv ishlari jadal olib borilmoqda