21 iyun kuni Senatning ellik uchinchi yalpi majlisi chaqiriladi. Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini saylash, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
Ma’lumot uchun, hozirgi bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev bu lavozimda 2019 yil iyulidan buyon ishlab kelmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, Bosh prokurorning vakolat muddati 5 yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimi esa 2023 yil noyabrida Shohrux Shorahmedov ketganidan buyon bo‘sh qolmoqda.
Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda yana qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.
«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi, «Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonunlar shular jumlasidandir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi