Foto: Videodan kadr
Sirdaryo viloyati Shirin shahrida 17 iyun kuni boshqaruvni yo‘qotib kanalga tushib ketgan Nexia 2 salonida bir oila vakillari bo‘lgani ma’lum qilindi. Bu haqda Milliy telekanalining “Millar” dasturida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, Nexia-2 avtomobili boshqaruvida keksa yoshli qaynota bo‘lgan. U mashina salonida uch nafar nabirasi va kelinini olib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, shahardagi Mirzo Ulug‘bek va Nurobod mahallalarini bog‘lovchi Janubiy Mirzacho‘l kanali ustidagi ko‘prikdan suvga qulagan.
Avvalroq Sirdaryo viloyat IIB Nexia-2 haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchining jasadlari FVB favqulodda qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan suvdan olib chiqilgani haqida xabar bergandi.
Shuningdek, mashinada bo‘lgan yana bir yo‘lovchini qidirib topish ishlari olib borilayotgani aytilgandi.
Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi