
Kadr: Telegram
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni shippak bilan kaltaklagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
G‘allaorol tumanida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi K.M. (ayol) 13 iyun kuni o‘rta guruh tarbiyalanuvchilari xonasiga kelib, go‘yoki sho‘xlik qilgani uchun tarbiyalanuvchilar 6 yoshli T.D., 5 yoshli A.A. va T.K. va 3 yoshli E.E.ni tanasining turli joylariga qo‘li va oyoq kiyimi bilan urgan.
DMTT tarbiyachisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, 2024 yil 19 iyun sanasidan e’tiboran egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Ta’kidlanishicha, 21 iyun kuni K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar