20:53 / 22.06.2024
470

Surxondaryoda 17 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

Surxondaryoda 17 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi
Foto: Surxondaryo IIB
Surxondaryo viloyati Denov tumanida 17 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Denov tumani “Ko‘xisor” mahallasida yashovchi 2007 yil tug‘ilgan Mahkamova Savrina Xurshedovna 2024 yil 28 may kuni yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Ushbu fuqaroni topilishida ko‘maklashganlar 5 million so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanadi hamda ma’lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.

U haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish so‘raldi: 102, +998-91-232-01-01, +998-88-875-02-00

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda 17 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi
ePN