Foto: Videodan kadr
Joriy yilning 23 iyun kuni taxminan soat 19:30 larda 1984 yilda tug‘ilgan, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi X.A. (muqaddam Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan sudlangan) jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, Shayxontohur tumanida gul do‘konlaridan birida gul sotuvchisi, 2003 yilda tug‘ilgan X.T. bilan o‘zaro janjallashgan.
Shu yerda bo‘lgan 2003 yilda tug‘ilgan A.T. va 2002 yilda tug‘ilgan T.I. uni tinchlantirib, janjalni oldini olishga uringan. Biroq X.A. bezorilik harakatini davom ettirib, ularni urib tan jarohati yetkazgan.
Birlamchi tibbiy ma’lumotga ko‘ra, jabrlanuvchilarga yengil tan jarohati yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (“Bezorilik harakatini oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Tergov harakatlari davom etmoqda. Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxsning harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yaqin oradagi IIBga yoki 102 raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi poytaxt IIBB xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi