© Navoiy viloyati hokimligi
Tatariston raisi Rustam Minnixanov Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmonni viloyat hokimi Normat Tursunov kutib oldi, deya xabar berdi hokimlik matbuot xizmati.
© Navoiy viloyati hokimligi
Minnixanovning ilk tashrifi Karmana tumanidagi Qosimshayx Azizon ziyoratgohiga bo‘ldi.
© Navoiy viloyati hokimligi
“Rustam Minnixanov Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hamrohligida Navoiy mashinasozlik zavodida bo‘lib, korxona ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mashinasozlik zavodi sexlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, tayyorlanayotgan mahsulotlar va ularning sifati bo‘yicha mutaxassislar bilan suhbatlashildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur zavod mahalliylashtirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha respublikada yetakchilardan biri hisoblanadi.
Navoiy mashinasozlik zavodida 15 ming turdan ortiq yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilib, kombinat ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar, uskuna va jihozlar tayyorlanmoqda.
© Navoiy viloyati hokimligi
Shuningdek, Minnixanov “Gidro Stanko Servis” MCHJ, "Uzbekistan Hydrogen Peroxide" korxonasida “Vodorod peroksidi” ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi hamda Navbahor tumani kasb-hunar maktabiga bordi.
Tashrif davomida uchrashuvlar o‘tkazish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Tatariston raisi Rustam Minnixanov Surxondaryo viloyatida bo‘lgan edi. Shuningdek, aprel oyida u “Buxoro sanoatni rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parki obyektlarida bo‘lib, viloyat hokimi Botir Zaripov bilan mazkur sanoat obyektini yanada rivojlantirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi