118
Soliqdan bo‘lgan qarzdorlik tufayli BYD HAN, KIA K5 hamda LACETTI avtomobillari xatlandi
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyat boshqarmasi, hamda Yo‘l xarakati xavfsizligi viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari hamkorligida yuridik va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliqlardan qarzdorliklarini undirish yuzasidan ishchi guruhi tuzildi.
Eng avval, Toshkent viloyati bo‘yicha budjet oldidagi soliq qarzi 10 mln.so‘mdan yuqori bo‘lgan 1 198 ta qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblangan 288,5 mlrd. so‘m soliq qarzi mavjud qarzdorlar ro‘yxati shaklantirilib, qarzdorlarning egaligidagi mol-mulklari o‘rganildi. Natijada 3 756 ta avtotransport vositalari hamda 41 164 ta maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikalari aniqlandi.
Soliq qarziga ega korxonalarning egaligidagi mol-mulki xisobidan undirish yuzasidan o‘tkazilgan xatlov tadbirining ilk manzili O‘rtachirchiq tumani bo‘ldi.
Tadbir davomida O‘rtachirchiq tumani soliq to‘lovchisi, "Niyazali agro" fermer xo‘jaligining 333 mln. so‘m soliq qarzi xisobiga fermer xo‘jaligiga tegishli LACETTI rusumli davlat raqami 10 722 LAA avtotransport vositasi xatlanib jarima maydoniga qo‘yilgan bo‘lsa, "Qorasuv saxovat do‘st" fermer xo‘jaligining 186,5 mln. so‘m soliq qarzi xisobiga fermer xo‘jaligiga tegishli BYD HAN rusumli davlat raqami 10 828 BCA avtotransport vositasi xatlanib jarima maydoniga qo‘yildi.
Shuningdek, "Mir kool-heat" masuliyati cheklangan jamiyatining 505,8 mln.so‘m soliq qarzi xisobiga Majburiy ijro byurosida qoldiq xujjati hamda soliq boshqarmasining qarori asosida jamiyata tegishli UAZ PATRIOT rusumli davlat raqami 10 705 ZAA avtotransport vositasi, GAZ 33023214 rusumli davlat raqami 10 705 JBA avtotransport vositasi KIA K5 rusumli davlat raqami 10 705 DAA avtotransport vositasi xatlanib jarima maydoniga qo‘yildi.
Aytish kerakki, soliq xizmati organlari tomonidan soliq qarzdorligining ortib borishiga yo‘l qo‘ymaslik, soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarni ko‘paytirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad kimnidir jazolash yoki birovning mulkini olib qo‘yish emas, aksincha mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi