Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda BYD mashinasi kichik qizni urib ketgani aks etgan video lavha tarqaldi. Videoda haydovchi mashinani aholi yashash punktida 142 km/soat tezlikda boshqarganini ko‘rish mumkin. Kun.uz holatga oydinlik kiritdi.
Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshevning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, YTH joriy yil 1 iyul kuni Xatirchi tumani hududida sodir bo‘lgan. Tumanning Yangirabot mahallasi hududidan o‘tgan davlat ahamiyatiga ega 4R-48 avtomobil yo‘lida harakatlanib kelgan BYD mashinasi yo‘lni piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan qizni urib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ikkita avtomobil yo‘l talashgani va birinchisi yo‘lovchilarga yo‘l bermasdan piyodalar yo‘lagidan tezlik bilan o‘tib ketgani aks etgan. Uning ortida harakatlangan ikkinchi mashina esa piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan va oldindagi mashinaning harakatidan yiqilib tushgan qizchani bosib o‘tgan.
Mashina tagida qolib ketgan 9 yoshli qiz olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, qizni tog‘asi tuman markazidagi parkka aylantirib kelish maqsadida olib ketayotgan bo‘lgan.
Haydovchiga nisbatan Xatirchi tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi