Foto: IIV axborot xizmati
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida haydovchi YPX xodimini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 8 iyul kuni soat 19:00 larda Ko‘kdala tuman Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati YHXB katta inspektori E.P. tomonidan haydovchi S.B. boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatilib, tekshirilgan.
Shu vaqt haydovchi qonuniy talablarga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, katta inspektorning qorin sohasiga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan katta inspektor Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida vafot etgan.
Holat yuzasidan 9 iyulda Ko‘kdala tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 97-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Ko‘kdala tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi