Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida voyaga yetmagan qizni zo‘rlik va tahdid orqali jinsiy qullikda saqlab kelgan ayolga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida 2009 yilda tug‘ilgan qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi bo‘lib o‘tgan.
Sudning 2024 yil 8 apreldagi hukmi bilan sudlanuvchi N.A. (ayol) Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining “a, g” bandlari (odam savdosi) hamda 127- moddasining 3-qismida (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jaosi berilgan.
Sudlanuvchilar A.F. (erkak) va Sh.U. (erkak) Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismining “a” bandi (nomusga tegish), 135-moddasi 3-qismining “a, g” bandlari (odam savdosi) hamda 127-moddasining 3-qismi bilan aybli deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Mazkur hukm yuzasidan sudlanuvchilar tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilgan. Ammo Qashqadaryo viloyati sudi apellyatsiya tartibida mazkur shikoyatlarni ko‘rib chiqqan va birinchi instansiya sudi hukmini o‘zgarishsiz qoldirgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, bu toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan mazkur hukm bo‘yicha mahkumlarga nisbatan jazoni yumshatish chorasi qo‘llanilmaydi va jazo to‘liq o‘taladi. Voyaga yetmagan jabrlanuvchi Ch.T.ga jinoyat ishi yurituvi davomida va hozirda Bolalar ombudsmani va tegishli tashkilotlar tomonidan zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi