Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro hamkorlikda yangi navigatsiya yo‘lagini joriy etdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 11 iyuldan T–916 zonali navigatsiya marshrutining yangi bo‘limlari rasmiy e’lon qilindi va havo kemalari parvozi uchun foydalanishga topshirildi. Shu kuni Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi yangi yo‘nalishning birinchi foydalanuvchisi bo‘ldi.
Ushbu 40 kilometrga qisqargan yangi yo‘nalishning joriy etilishi aviakompaniyalarga har kungi reyslar davomida yiliga 30 tonnadan 50 tonnagacha aviayonilg‘i tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, kislorod sarfi 50-70 tonnaga, atmosferaga zararli dioksid chiqindilari esa yiliga 220-250 tonnaga kamayadi.
“Aviakompaniyalarning eng samarali va qisqa yo‘nalishlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK va “Qozaeronavigatsiya” markazi DUK mutaxassislarining qo‘shni havo hududlari konstruksiyalari elementlarini optimallashtirish, shuningdek, havo harakatiga xizmat ko‘rsatish dispetcherlarining ish hajmini kamaytirish masalalari bo‘yicha o‘zaro faol hamkorligida havo yo‘nalishlarining yangi uchastkalarini joriy etish boshlandi”, deyiladi xabarda.
Prognozlarga ko‘ra, kuniga 30 dan ortiq aviakompaniya yangi optimallashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi