
Kadr: Telegram
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 14 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Musurmonova Charos Kamol qizi 2024 yil 29 may kuni yashash uyidan maktabga chiqib ketib bedarak yo‘qolgan. U 2007 yilda Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tug‘ilgan.
Alohida belgilari: bo‘yi 165-170 sm atrofida, bug‘doyrang, o‘rtacha gavdali, sochi, qoshlari va ko‘zlari qora rangda, sochi o‘rtacha uzunlikda.
Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar hududiy IIBlarga yoki 102 raqami orqali xabar berishi so‘raldi. Fuqarolar tomonidan taqdim qilingan har qanday ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar