Ijtimoiy tarmoqlarida “Yaypanda to‘y kortejida sodir bo‘lgan avariya sabab ikki odam o‘ldi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2024 yil 21 iyul kuni soat 18:30 larda O‘zbekiston tumanidan o‘tgan, 4R-154 “Qo‘qon-Yaypan-Isfara” avtomobil yo‘lida 29 yoshli E.I. to‘y tadbiriga aloqasi bo‘lmagan holda “Spark” mashinasini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan.
Shunda “Spark” to‘y tadbiridan unashtirilgan qizini olib qaytayotgan 24 yoshli R.A. boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, “Lasetti” haydovchisi R.A. va yo‘lovchisi 20 yoshli J.O‘. (qiz) og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 21 iyul kuni qiz, 22 iyul kuni yigit shifoxonada vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi