
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Qayd etilishicha, maktublarda O‘zbekiston yetakchisi rahbarligida yurtimiz davlatchilikni mustahkamlash, xalq farovonligini yuksaltirish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yo‘lida ulkan yutuqlarga erishayotgani ta’kidlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisiga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilaklari, mamlakatimiz bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga qat’iy intilish bildirilgan.
Shavkat Mirziyoyev tabrik yo‘llaganlan, jumladan:
- Vladimir Putin, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti;
- Si Szinpin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi;
- Qasim-Jomart Toqayev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti;
- Sadir Japarov, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti;
- Imomali Rahmon, Tojikiston Respublikasi Prezidenti;
- Serdar Berdimuhamedov, Turkmaniston Prezidenti;
- Ilhom Aliyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti;
- Aleksandr Lukashenko,Belarus Respublikasi Prezidenti;
- Rejep Tayyip Erdog‘an, Turkiya Respublikasi Prezidenti;
- Uxnaagiyn Xurelsux, Mo‘g‘uliston Prezidenti.
Shuningdek, Viktor Orban Vengriya, Bosh vaziri hamda Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gururbanguli Berdimuhamedovlar ham tabrik yo‘llagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar