14:22 / 26.07.2024
115

Baliqchida elektrdan qarzdorlik uchun bino xatlab qo‘yildi

Baliqchida elektrdan qarzdorlik uchun bino xatlab qo‘yildi
Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi ish yurituviga elektr energiyasi ta’minoti korxonasi foydasiga undiruv bilan bog‘liq 31 ta 916,7 mln. so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan. Ulardan 18 tasining ijrosi ta’minlanib, 628,8 mln. so‘m qarzdorlik undirilgan.

Olib borilayotgan ijro harakatlari davomida elektr energiyasidan qarzdorligini to‘lamagan 5 nafar yuridik shaxslarning jami 400 mln. so‘mdan ziyod mol-mulklari xatlandi.

Jumladan, sudning ijro hujjatiga asosan qarzdor “Chinobod real biznes” MCHJdan Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJga 89 mln. so‘m undirilishi ko‘rsatilgan.

Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ul davlat ijrochisi qarzdor jamiyat vakillari bilan tushuntirish ishlari olib bordi. Qarzdorlik to‘lanmagach, jamiyatga tegishli bino-inshootlar xatlab qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Baliqchida elektrdan qarzdorlik uchun bino xatlab qo‘yildi