09:33 / 02.08.2024
76

Toshkentda avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha qator o‘zgartirishlar kiritildi

Toshkentda avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha qator o‘zgartirishlar kiritildi
Toshkent shahar jamoat transporti faoliyatini maqbullashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2 avgust kunidan boshlab, avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha qator o‘zgarishlar kiritilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan:
  • 28-sonli Yangiobod mavzesi—Tibbiyot akademiyasi yo‘nalishda o‘ta katta sig‘imli King Long rusumli avtobuslar;
  • 32-sonli Sergeli 6a-mavzesi—Gulobod ko‘chasi yo‘nalishda Yutong rusumli elektrobuslar;
  • 119-sonli Qo‘yliq 1-mavzesi—Yunusobod dehqon bozori yo‘nalishda Yutong rusumli elektrobuslar;
  • 121-sonli Yunusobod mavzesi 9-daha—Chinni bozori yo‘nalishda o‘ta katta sig‘imli King Long rusumli avtobuslar;
  • 156-sonli Qipchoq metrosi—G‘alaba mahallasi yo‘nalishda MAN rusumli avtobuslar;
  • 174-sonli Jumabozor qo‘rg‘oni—Aviasozlar ASHB yo‘nalishda Yutong CNG rusumli avtobuslar bilan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil aprel boshida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Xitoydan olib kelingan 268 ta avtobus va elektrobuslarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Ushbu jamoat transporti vositalarining 101 tasi elektrobus, 109 tasi gazda harakatlanuvchi (12 metrli) avtobus, 48 tasi katta sig‘imli (“gormoshka”) avtobuslardir. Mazkur avtobus va elektrobuslar King Long va Yutong kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha qator o‘zgartirishlar kiritildi