Kadr: Telegram
Qashqadaryo viloyati IIB Qarshi shahrida bir guruh shaxslar qarz oldi-berdisi sabab bir fuqaroni kaltaklagan holati bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 26 iyul kuni Qarshi shahrida Nexia-2 rusumli davlat raqam belgisisiz avtomashinada bir guruh shaxslar tomonidan bir nafar fuqaroni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida “samosud” qilingani tasvirlangan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Qarshi shahar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan. Aniqlanishicha, shaharning “Temiryo‘lchi” mahallasida yashovchi fuqaro S. tanishi A.dan qarz olib, pulini qaytarmasdan kelgan. Natijada qarz bergan fuqaro iyun oyi o‘rtalarida ikki nafar tanishi bilan fuqaro S.ni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida uni kaltaklagan va holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi