1 057
O‘zi, xotini va farzandini otib o‘ldirgan profilaktika inspektori yashagan mahalladan reportaj
Foto: “Daryo”
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida profilaktika inspektori xotini va 1 yoshga ham to‘lmagan farzandi, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirgani xabar berilgandi. Ko‘p o‘tmay, Bosh prokuratura axborot xizmati voqea profilaktika inspektorining xizmat uyida sodir bo‘lgani va bunga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lganini ochiqladi.
“Daryo” ijodiy jamoasi voqea tafsilotlarini o‘rganish uchun Bo‘stonliq tumanidagi “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.
“Kecha kechki payt soat 23:26 da qo‘shnilar telefon qilishdi. Voqea joyiga kelganimda hududda Ichki ishlar xodimlari ham bor ekan. Atrof lenta bilan o‘ralib, kirib-chiqish taqiqlandi. Hozirda voqea haqida surishtiruv ishlari olib borilayotgani uchun hali aniq biror gap aytolmayapmiz”, deydi “Obod” MFY raisi Po‘latjon Mamajonov.
Po‘latjon Mamajonov
Foto: “Daryo”
Mahalla raisi IIB xodimi “o‘zi, xotini va bolasini otib o‘ldirgan” degan gapga ishonmaydi.
“Otilgan degan gapga ham hozir hech kim kafolat berolmaydi. Konservalardan diareya bo‘lgan bo‘lishi yoki is gazidan zaharlangan bo‘lishi mumkin. Hozircha hech narsani bilmaymiz, surishtiruv ishlari yakunlansa, biror gapni aytsak bo‘ladi. O‘zi o‘q uzgan degan gapga kelsak, Shahbozbekning ruhiy holati yaxshi edi, qolaversa mahallamizda jinoyatchilik yo‘q edi”, deydi mahalla raisi.
Foto: “Daryo”
Mahalla raisining ma’lumot berishicha, u marhum Shahbozbek Mahkamboyevni so‘nggi marotaba 6 avgust kuni tongda ko‘rgan.
“Hozir saylovoldi xatlov jarayonlari ketmoqda. Unga ham biriktirilgan ko‘chalar bor edi. Kecha tong paytida uni ko‘rgandim. Shahbozbek o‘ziga biriktirilgan ko‘chalar xatlovini to‘liq yakunlagandi. Men tushdan so‘ng ishlarim bilan bo‘lib, u bilan ko‘risholmadim”, deydi Po‘latjon Mamajonov.
IIB xodimining xizmat uyi.
Foto: “Daryo”
Bosh prokuratura axborot xizmatining voqeaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani haqidagi axborotidan keyin nafaqat jamoatchilikda, OAV vakillarida ham uning oilaviy ahvoli bilan bog‘liq savollar paydo bo‘ldi.
MFY raisining aniqlashtirishicha, marhum 2001 yilda tug‘ilgan, rafiqasi bilan 2023 yilda oila qurgan.
“Bu oilani ko‘rganlar havas bilan qarardi. Ular bir-birini yaxshi ko‘rishib, turmush qurishgan. Biror marta oilada urush-janjal bo‘lganini eslay olmayman. Kelin ham aqlli, iboli ayol edi. Farzandi hali bir yoshga ham to‘lmagandi”, deydi Po‘latjon Mamajonov.
Foto: “Daryo”
“Obod” MFY raisining bildirishicha, u voqea joyiga yetib kelganida IIB xodimining xizmat uyida marhum ayolning ukasi bo‘lgan. U atrofdagilardan tez yordam chaqirishlarini so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi