
Bir muddat oldin bugun, 15 avgust kuni sobiq qishloq xo‘jaligi vazir Aziz Voitotvga doir jinoyat ishini sud tartibida ko‘rish boshlanishi aytilgan edi.
Oliy sud matbuot x’izmati bergan xabarga ko‘ra, bugun Toshkent shahar sudining binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan A. Voitov (Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan) va boshqalarga hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan X. Karimov (Qishlok xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori lavozimida ishlagan) va boshqalarga oid jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish yuzasidan dastlabki eshituv o‘tkaziladi.
Dastlabki eshituv esa Jinoyat-protsessual kodeksining 405-6-moddasi talabiga muvofiq yopiq sud majlisida o‘tkaziladi.
«Qo‘shimcha ma’lumot va sud majlisi tayinlangan kun haqida axborot dastlabki eshituvni o‘tkazish natijalari bo‘yicha beriladi», – deyiladi Oliy sud matbuot xizmati xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar