
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Ma’lum qilinishicha, hududning katta qismida 24 avgust, shanba kuni havo harorati 34-37 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanba kuni havo bir oz salqinlashadi, harorat 30-33 daraja atrofida, janubda 35-37 darajagacha bo‘ladi.
Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 23—24 avgust kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Asosan sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, tog‘li hududlarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 19-22 daraja, shanba kuni kunduzi 33-36 daraja, yakshanba kuni 31-36 daraja bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar