1-sentyabr, har bir bola uzoq ta’tildan so‘ng jonajon sinfdoshlarini, o‘qituvchisini, maktab xonasini ko‘rishga oshiqadi. Buning uchun yangi kiyim-kechaklar, yangi o‘quv qurollari xarid qilish lozim bo‘ladi. Ammo shunday farzandlar borki, ushbu buyumlarni xarid qilishga yolg‘iz onasining qurbi yetmaydi. Bu xarajatlar farzandining ta’minoti uchun aliment to‘lovchi ayrim otalarning yodidan ko‘tariladi shekilli.
Ma’lumki, yurtimizda bolalarning barcha huquqlari qatori moddiy ta’minot olish huquqi ham qonun bilan kafolatlangan.
Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor D.Nasirovdan undiruvchi M.Qo‘ziyeva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va daromadining 1/4-qism miqdorida aliment undirish belgilangan ijro varaqasi byuroning Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor D.Nasirovdan 10 million so‘mdan ortiq aliment qarzdorligi undirilib, M.Qo‘ziyevaga topshirildi.
Kelgusida M.Qo‘ziyeva tomonidan ushbu pullar farzandining kelajagi uchun sarf qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi