177
Xorazmda qaynota elektroskuterni boshqarib borayotgan keliniga shahvoniy shilqimlik qildi
Xorazmda qaynota eletroskuterni boshqarib borayotgan kelinining yonida o‘tirib, unga shahvoniy shilqimlik qildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, R.H. 29 avgust kuni eletroskuterni boshqarib borayotgan kelini A.O‘.ni yonida o‘tirib, uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlab, tegajog‘lik qilib, belidan quchoqlagan va ko‘kragidan ushlab, shahvoniy shilqimlik harakatlarini sodir qilgan.
Erkak sudda, aybiga iqrorlik bildirmasdan, O‘rtayop qishlog‘iga bozorga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun elektroskuterni boshqarib borayotgan kelinining yonida o‘tirib ketgani, shu vaqtda spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani uchun nima qilganini eslay olmasligini, shahvoniy shilqimlik qilmagani, ishni qonuniy hal qilishni so‘rab, tushuntirish berdi.
Jabrlanuvchi sudda, haqiqatan ham 29 avgust kuni qaynotasi unga bozorga borib uyga xarajat qilib kelishini aytganini, elektroskuterni boshqarib bozorga ketishganini, uning yonida o‘tirib ketayotganida belidan quchoqlab, ko‘kragidan ushlab, u bilan jinsiy aloqada bo‘lishini aytib, shilqimlik qilganini, aytib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Sud hukmiga ko‘ra, erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga shu moddaning 1-qismiga asosan, to‘rt sutka ma’muriy qamoqqa olish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan