14:50 / 07.09.2024
41

Yunusobod tumanidagi musiqa festivalida yuzaga kelgan janjal bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Yunusobod tumanidagi musiqa festivalida yuzaga kelgan janjal bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Foto: Toshkent shahar IIBB
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Joriy yilning 6 sentyabr kuni Yunusobod tumanidagi musiqa festivalining birinchi kuni o‘tkazildi. Soat 18:00 dan 22:20 larga qadar bo‘lib o‘tgan tadbirda ko‘plab musiqa ixlosmandlari yig‘ilgan. Biroq ular orasida bir nechta fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etganlar ham bo‘ldi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ularning shaxsi aniqlanib, 5 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qolgan fuqarolarga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi
”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqarolar tan jarohati olgani haqida xabar kelib tushmagani ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobod tumanidagi musiqa festivalida yuzaga kelgan janjal bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi